Axborot manbasi: Obama Erdo‘g‘on bilan telefon orqali suhbatlashdi
AQSh prezidenti Barak Obama telefon orqali Turkiya yetakchisi Toyib Erdo‘g‘onga qo‘ng‘iroq qildi, deya xabar bermoqda Reuters. Bu haqda axborot manbasi xabar berdi.
Suhbat vaqtida Obama Erdo‘g‘onga Istanbul va Diyorbakirdagi portlashlar munosabati bilan hamdardligini bildirdi.
Axborot manbasining qo‘shimcha qilishicha, ikki mamlakat yetakchilari jangarilar, jumladan, IShID va Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi kurashda hamkorlik qilish istagini bildirishdi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 14 yanvar kuni Turkiyaning Diyorbakir provinsiyasidagi politsiya bo‘limlarining birida avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi uskuna harakatga keltirilgan edi. Natijada bir ayol va go‘dak hayotdan ko‘z yumdi. Undan avvalroq esa Istanbul markaziy maydonidagi portlash oqibatida Germaniyalik 10 sayyoh vafot etdi.