Jahon | 12:17 / 20.01.2016
3240
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston beshinchi navigatsion yo‘ldoshni orbitaga olib chiqdi

Hindiston PSLV tashuvchi raketasini muvaffaqiyat bilan uchirib, IRNSS tizimidagi navigatsion sun'iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.

Start Bangol ko‘rfasidagi Shrixarikota orolida joylashgan Satish Dxavan nomli Kosmik markazda amalga oshirildi. Yo‘ldosh GPS global pozitsiyalashish tizimi bilan bir qatorda ishlaydigan yetti apparatdan iborat tizim tarkibida bo‘ladi.