Jambul viloyatida qotil 88 yoshli qurboniga rahm qilib, uni tirik qoldirdi
Qozog‘istonning Jambul viloyatida 88 yoshli ayolni o‘ldirish uchun yollangan qotil keksa insonga rahm qilib, uni politsiyaga topshirdi. Bu haqda viloyat huquq-tartibot xizmatlariga tayangan holda Nur.kz nashri xabar bermoqda.
Voqea Taroz shahrida sodir bo‘lgan. Qotillikning buyurtmachisi ekanligi gumonlanayotgan 54 yoshli O. ismli ayol qo‘lga olindi. Viloyat markazidagi xonadonlardan biriga buyurtmachi ayol da'vogarlik qilgan, ammo xonadon egasi 88 yoshli ayol edi.
Ish sudda ko‘rib chiqilgan. Sud qarori O. foydasiga bo‘lmagani tufayli u raqibasidan yollanma qotil yordamida qutulishga qaror qilgan.
Lekin uning maqsadi amalga oshmagan, negaki qotil kampirga rahm qilib, tayyorlanayotgan jinoyatdan uni boxabar qilgan. So‘ng u qotillikning oldini olish maqsadida xonadonga noqonuniy da'vogar ustidan ariza yozgan.
Jinoyatchini qo‘lga olish uchun huquq-tartibotchilar xonadon bekasining o‘ldirilishi imitatsiyasidan iborat operativ reja ishlab chiqishdi. Natijada, qotillik sodir etilganidan amin bo‘lgan O. ijrochi bilan uchrashuv belgiladi va unga pul berayotgan chog‘da qo‘lga olindi. Tergov harakatlari davom etmoqda.