Jamiyat | 08:31 / 20.01.2016
3131
1 daqiqa o‘qiladi

Parijdagi Ritz mehmonxonasida chiqqan yong‘inni o‘chirish uchun 6 soat vaqt sarflandi

Parij shahrining Vandom maydonidagi Ritz mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Mirror nashri xabariga ko‘ra, bu yong‘inni to‘la bartaraf etish uchun 6 soat vaqt ketgan.

Xabarda yong‘in sababi keltirilmagan.

Dastlabki ma'luomtlarga ko‘ra, yong‘in 19 yanvarning birinchi yarmida mehmonxona binosining yuqori qavatida, 3 yildan beri, 2012 yilning avgustidan beri ta'mirlash ishlari davom etayotgan qismda boshlangan.

Yong‘inni bartaraf etish ishlarida 60 nafardan ortiq o‘t o‘chiruvchi ishtirok etdi. Yong‘in chiqqan vaqtda binoda 150 nafar xodim bo‘lgan. Ularning barchasi sog‘-omon holda evakuatsiya qilingan.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniyaning marhum malikasi Diana aynan shu mehmonxonada halokatidan oldingi tunni o‘tkazgan edi.