Iqtisodiyot | 14:03 / 20.01.2016
4039
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya AQSh davlat obligatsiyalariga kiritmalarini 88 mlrd dollarga yetkazdi

Rossiya AQSh davlat obligatsiyalariga kiritmalarini oshirdi. 2014 yilning oktabrida bu ko‘rsatkich 82 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, noyabrida 88 mlrd dollarga yetdi. Bu ma'lumotlar AQSh moliya vazirligining noyabr oyi hisobotida aks etdi.

Hisobotda ko‘rsatilishicha, iyun oyida Rossiyaning qimmatbaho qog‘ozlarga kiritmalari 72 mlrd dollarga, iyulda 82.1 mlrd dollarga, avgustda 89.9 mlrd dollarga teng bo‘lgan. Oktyabr va noyabr oylarida esa ko‘rsatkichlar 108.9 va 108.1 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Rossiya ommalashtirilgan ro‘yxatda 15-o‘rinda turibdi. AQSh qimmatbaho qog‘ozlariga egalik qilayotgan asosiy davlat bo‘lib esa Xitoy qolmoqda: noyabrda uning kiritmalari 1.264 trln dollarni tashkil qilgan. Ikkinchi o‘rindagi Yaponiyaning ko‘rsatkichlari – 1.144 trln dollar.