Jahon | 12:55 / 20.01.2016
5145
2 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpin Nazarboyevni “Katta yigirmatalik” sammitida ishtirok etish uchun Xitoyga taklif qildi

XXR raisi Si Tszinpin Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevni “Katta yigirmatalik” sammitida ishtirok etish Xitoyga taklif qildi. Bu haqda bugun, 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan “Bir kamar – bir yo‘l” xalqaro konferensiyasida XXRning Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi Chjan Xanxuey ma'lum qildi.

“Yaxshi bilamizki, o‘tgan yilda hamkorligimiz yangi bosqichga ko‘tarildi. Prezidentlarimiz o‘zaro tashriflarni amalga oshirdi. Qozog‘iston bosh vaziri ikki marotaba rasmiy tashrif bilan Xitoyga bordi. O‘ylaymanki, bu yilda aloqalarimizni xuddi shunday yuqori darajada saqlab qolamiz.

Shuni ma'lum qilishni istar edimki, bu yilda sizning prezidentingiz bizning rais Si Tszinpin taklifi bilan Xitoyga tashrif buyuradi. Bu sentabr oyida bo‘lib o‘tadi, Nursulton Nazarboyev “Katta yigirmatalik” sammitida ishtirok etadi”, - dedi elchi.
Qayd etish joizki, 2016 yilda G20 sammiti 4-5 sentabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadi.