Sport | 19:12 / 20.01.2016
6119
2 daqiqa o‘qiladi

WBA o‘ta og‘ir vazn toifasida Ruslan Chagayev ishtirokida turnir tashkil qilmoqchi

Boks bo‘yicha WBA yo‘nalishi tashkilotchilari o‘ta og‘ir vazn toifasida yetti nafar bokschi ishtirokchida yagona chempionni aniqlash bo‘yicha turnir tashkil qilishmoqchi.

Mazkur kichik turnirda o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

WBA rahbari Jilberto Mendosaning ta'kidlashicha, janglar seriyasi natijasida yagona chempion nomi aniqlanadi.

Unga ko‘ra, Ruslan Chagayev Lukas Braunga qarshi jangda g‘alaba qozongan holda Fres Okendoga qarshi ringga ko‘tarilishi ko‘zda tutilgan. Vladimir Klichko va Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh-jang g‘olibi esa Ortis-Ustinov jangi g‘olibi bilan kuch sinashishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, WBA yo‘nalishining «superchempionlik» kamariga britaniyalik Tayson Fyuri (25-0, 18 KO) egalik qilmoqda. Kamarning «odati» ko‘rinishidagi chempionlik esa o‘zbekistonlik Ruslan Chagayevga (34-2-1, 21 KO) tegishli. Ammo kamarning vaqtinchalik egasi sifatida kubalik Luis Ortis ko‘rsatilgan (24-0, 21 KO).