Xitoyda dunyoning eng uzun osma shisha ko‘prigi qurilishi yakunlanmoqda
Xitoydagi Tyanmenshan milliy bog‘ida mamlakatdagi eng uzun shisha ko‘prik qurilishi yakunlanmoqda. Ko‘prikning ochilishi sanasi taxminan 2016 yilning iyuni etib belgilangan.
Qayd etish kerakki, ko‘prikni qurish loyihasi 2012 yilda ishlab chiqilgan, uni qurish ishlari 2015 yilning yozida tugallanishi rejalashtirilgandi. Keyinroq, bu muddatlar o‘zgartirildi.
Po‘lat va shishadan yasalgan ko‘prikning eni 6 metr, uzunligi 430 metrni tashkil etadi. Ko‘prik bir vaqtning o‘zida 800 kishini ko‘tarib tura oladi. Ko‘prik platformasi yerdan 300 metr balandlikda joylashgan. Taqqoslash uchun Eyfel minorasining balandligi 324 metr.
Xitoydagi bunday turdagi ko‘priklar sayyohlarning e'tiborini jalb etadi.
2015 yilning sentabrida Xunan viloyatida, Tyanmenshan bog‘idan 500 km masofada 274 m uzunlikdagi shisha ko‘prik ochilgandi. Bu ko‘prik hozircha dunyodagi eng uzun osma shisha ko‘prik bo‘lib turibdi.
2015 yilning sentabrida Xitoyda yana bir shunday ko‘prik ochilgan. Ammo, Yuntaydagi bu ko‘prikka darz ketishi tufayli, oktabr oyida yopilgan.
Xitoyda dunyodagi eng uzun shisha ko‘prik quriladi
Xitoyda sayyohlar shisha ko‘prikka darz ketgani sababli chiqishdan qo‘rqishmoqda
Xitoydagi shisha ko‘prik sayyohlardan birining aybi bilan darz ketgani aytilmoqda
Jahondagi eng uzun va o‘ta qo‘rqinchli shisha ko‘prik
Foto: 100 xitoylik qiz shisha ko‘prik ustida yoga bilan shug‘ullanmoqda