Iqtisodiyot | 14:59 / 21.01.2016
5707
1 daqiqa o‘qiladi
Moskva birjasida dollar kursi 86 rublga, yevro kursi 94 rublga yetdi
Moskva valyuta birjasida dollar kursi 86 rublga yetdi va yana bir rekord qayd etildi.
Moskva birjasida yevro kursi ham o‘sib bormoqda. Ayni vaqtda yevro narxi 94 rublni tashkil qilmoqda.
Rublning narxi tushib ketishiga dunyo bozorida neftning narxi arzonlashayotgani sabab bo‘lmoqda.
ICE birjasida bugungi savdo chog‘ida Brent markali neft fyuchersining narxi yana 0,61 foizga tushdi. Ya'ni hozir savdo qilinayotgan neft shu yilning mart oyida barreliga 27,66 dollardan yetkazib beriladi.
WTI turidagi neft narxi Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) bir barreli 28,36 dollarga baholangan.
Yil boshidan buyon neft narxi 24 foizga arzonlashgan.