O‘zbekiston | 19:49 / 22.01.2016
17204
2 daqiqa o‘qiladi

27 yanvar kuni O‘zbekistonning turli hududlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 26-27 yanvar kunlari havo harorati pasayishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabarida ma'lum qilingan.

Respublikaning aksar hududlarida keyingi hafta avvalida havo o‘zgarib turadi, 24 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

25-27 yanvarda ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 26-27 yanvar kunlari kechasi havo harorati -7 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo vilyaotlarida -3 darajagacha soviydi.

25 yanvar kuni faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazmda, 26—27 yanvar kunlari butun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi. 27 yanvar kuni yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Hafta o‘rtasidagi kunlarda deyarli barcha viloyatlarda tuman tushishi mumkin.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 yanvarda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi.