Jamiyat | 23:45 / 22.01.2016
9462
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda go‘sht do‘konidan sigir qochib ketdi

Nyu-yorkning Kvins tumanidagi Archer Halal Live Poultry and Meat Market go‘sht do‘konidan sigir qochib ketdi. Mahalliy aholi sigirning ko‘chadan yugurib o‘tayotganini videoga olishdi.

The Telegraph nashrining ma'lum qilishicha, shahar politsiyasi departamenti xodimlari sigirni avtoturargohga qamab tutib olmagunlarigacha, u Nyu-York ko‘chalari bo‘ylab yugurib yurgan.

“Sigirni tutishda birorta ham politsiyachi shikastlanmadi”, deb ma'lum qildilar huquq-tartibot muassasalari xodimlari. Politsiya sigirning fotosuratini Twitter’dagi akkauntida chop etdi va aholiga sabr-toqati uchun minnatdorchilik bildirdi.