Jahon | 10:29 / 22.01.2016
6992
1 daqiqa o‘qiladi
Janubiy Koreya KXDRga qarshi tarixdagi eng qattiq choralarni qo‘llashini ma'lum qildi
Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe Tashqil ishlar vazirligidan KXDRga qarshi tarixdagi eng qattiq sanksiyalarni joriy etish belgilangan hisobotni qabul qilib oldi, deya xabar qildi Kyodo agentligi.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, hisobotda mamlakatning 2016 yildagi asosiy tashqi siyosati yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, unda KXDRning yadro sinovlari sababli BMT Xavfsizlik kengashiga tarixdagi eng kuchli rezolyutsiyani taqdim etish haqida ham so‘z boradi.
Tashqi ishlar vazirli Shimoliy Koreyaga nisbatan yuritayotgan siyosatida izchillik tamoyilini saqlab qolishga va'da berdi.