O‘zbekiston | 22:56 / 22.01.2016
3708
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yengil sanoatida 2015 yilda 33 ta yangi korxona ishga tushirildi

O‘zbekiston yengil sanoatiga 2015 yil natijalariga ko‘ra 187,3 mln dollarlik investitsiya jalb qilindi, deb xabar berdi Sputnik nashriga “O‘zbekengilsanoat” AJdagi manba.

2014 yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 2,7 foizga o‘sdi.

“O‘zbekengilsanoat” vakilining aytishicha, 2015 yilda yengil sanoat tarmog‘ida 33 ta yangi korxona ishga tushirildi va 12 mingdan ko‘proq ish o‘rni yaratildi. O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligiga eksport salohiyati 43,1 mln dollarni tashkil qiluvchi, umumiy qiymati 99 mln dollarlik 18 ta yangi sanoat korxonasi foydalanishga topshirildi. Konstitutsiyaning 23 yilligiga esa “O‘zbekengilsanoat” bir nechta investitsion loyihalarning amalga oshirilishini yakunladi, ular doirasida uchta to‘qimachilik korxonasi ishga tushirildi.

Ayni vaqtda “O‘zbekengilsanoat” tarkibida 312 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritadi, ulardan 225 tasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yekti hisoblanadi.