Jamiyat | 15:44 / 22.01.2016
5137
1 daqiqa o‘qiladi

Pichoq bilan qurollangan qisqichbaqa internet qahramoniga aylandi

Braziliyada pichoq bilan qurollanib olgan qisqichbaqa harakatlari tasvirganlan video LiveLeak videoxostingiga bir sutkada 100 ming martadan ziyod tomosha qilindi.

Rolikda qisqichbaqa bitta qisqichida pichoqni qisigancha uni tasvirga olayotgan odamdan qochishga urinayotganini ko‘rish mumkin. Taxminlarga ko‘ra, videorolik Braziliya restoranlaridan birida suratga olingan.

Izohlarda foydalanuvchilar o‘zlarining hazilomuz mulohazalarini qoldirishmoqda. Ulardan biri Braziliyadagi kriminal vaziyat hattoki qisqichbaqalarni ham o‘z-o‘zini himoya qilishi uchun qurol ko‘tarib yurishga majburlamoqda, degan fikrni qoldirgan. Boshqa foydalanuvchi esa yana bir Lotin Amerikasi davlati — Meksikada vaziyat bundan ham og‘ir ekanini aytgan. U Meksikada qisqichbaqalar ko‘chalarda benzin arra bilan yurishini aytib, kinoya qilgan.