Seysmologlar mintaqadagi yer osti silkinishlari Chorvoq cuv omboriga qanday ta'sir ko‘rsatishi haqida aytishdi
Seysmologiya instituti mintaqaviy seysmiklilik va seysmik tumanlashtirish laboratoriyasi mudiri, professor Turdiali Ortiqov va yetakchi ilmiy xodim, fizika-matematika fanlari nomzodi Roman Ibrohimovlar Uz24 nashriga bergan intervyusida Markaziy Osiyodagi seysmik faollikka izoh berib, buning O‘zbekistonga qanday tahdid solishi mumkinligi yuzasidan fikr bildirdilar.
Chorvoqdagi suv omboriga kuchli zilzilalar qanday ta'sir o‘tkazishi haqidagi savolga javob berarkan, Roman Ibrohimov uning kamida 8 ballik silkinishlarga dosh bera olishini ta'kidlab o‘tdi.
“Seysmik tumanlashtirish xaritasida Toshkent va Chorvoq suv ombori kosasi 8 balli zonadadir, - dedi mutaxassis. – Bu degani, bu yerda 8 balldan ortiq yer qimirlashi bo‘lmaydi. Aynan shu narsa inobatga olingan holda mazkur gidrotexnik inshoot qurilgan”.
“Chorvoq suv ombori yarim asrdan ortiq vaqtdan buyon turibdi va har bir zilzila, aksincha, uning tuprog‘ini zichlashtiradi, u mustahkamroq bo‘ladi, faqatgina suv filtratsiya oshmasligi sharti bilan”, - qo‘shimcha qildi Turdiali Ortiqov.