Jahon | 21:15 / 23.01.2016
6748
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Rossiya sanksiyalariga tushgan turk biznesini qabul qilishga va'da berdi

Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Oleg Pankratov Rossiya sanksiyalariga tushgan turk biznesini qabul qilishga va'da berdi.

Pankratovning aytishicha, Rossiya turk kompaniyalariga nisbatan sanksiya kiritgani sababli ularning Rossiya bozoriga chiqishi mushkullashgan va Qirg‘iziston bu bo‘shliqni to‘ldirishi mumkin. “Biz o‘zimizda ishlab chiqarishni joylashtirishimiz mumkin. Bundan tashqari, turk biznesi Rossiya qurilish sektorida faol qatnashgan. Bizning qurilish kompaniyalarimiz turk kompaniyalari o‘rniga Rossiya bozoriga kirish istagiga ega”, deb aytdi Pankratov.

Pankratovning aytishicha, turk investorlari Qirg‘izistonga allaqachon qirishmoqda va yaqin yarim yil ichida matolar ishlab chiqaruvchi fabrikani ishga tushiradilar. “Bu turk kompaniyasi O‘zbekistonda anchadan beri ishlaydi, u yerda davlat ularga bepul yer va bir qator imtiyozlar bergan. Bu investor bizga kelishga qaror qildi, chunki biz ko‘proq iste'molchilik bozoriga egamiz. Endi turk kompaniyasi Qirg‘izistonda ishlab chiqarilgan mahsulotni boj to‘lovisiz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlariga yetkazadi”, deb ta'kidlamoqda Pankratov.