Times: Rossiya va AQSh Suriyaning shimoli-sharqida bir vaqtda bazalar yaratmoqda
Times nashrining xabar berishicha, “Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 200 nafar rossiyalik mutaxassis Asad tuzumi nazoratida bo‘lgan hududdagi Qamishli aviabazasida uchish-qo‘nish polosasini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni boshlashganidan xavotirlanmoqda”.
Bu hudud Turkiyadan bor-yo‘g‘i bir necha mil uzoqlikda bo‘lib, Turkiya bu hududni o‘zining ta'sir doirasida joylashgan deb hisoblaydi. Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiya Suriya bilan chegarasiga qo‘shimcha qo‘shinlarni yubormoqda, harbiylar u yerda okoplar qazishmoqda.
Wall Street Journal nashrining yozishicha, Vashington hozircha Moskva aerodromni o‘zining yangi bazasiga aylantirmoqchi bo‘layotganining alomatlarini ko‘rmayapti, AQShga hozircha “Rossiyaning rejalari noma'lum”, biroq “rossiyalik harbiylar u yerda nima qilayotganini juda bilgisi kelmoqda”.
Rossiya Mudofaa vazirligi bu axborotlarga hech qanday izoh bermayapti.
Nashrning yozishicha, AQSh ham Suriya hududida o‘zining birinchi aviabazasini Iroq va Turkiya chegaralaridan bor-yo‘g‘i bir necha kilometr uzoqlikdagi hududda yaratmoqda.
Bundan avvalroq Fox News‘ning rossiyalik harbiylar Qamishli aviabazasida borligi haqidagi axboroti Financial Times nashrining Putin go‘yoki Asadga iste'foga ketishni taklif qilgani haqidagi axboroti bilan deyarli bir vaqtda paydo bo‘lgan.
OAVlarning bu haqda Jyenevada bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Suriya bo‘yicha muzokaralar arafasida yozayotgani ham o‘ziga e'tiborni tortadi.
23 yanvarda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Jyenevadagi muzokaralarning o‘tkazilishi sanasi hozircha belgilanmagani, biroq ular agar istak bo‘lsa bir necha kun ichida o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.
Bu orada AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Turkiyaga safari davomida “Suriyadagi ixtilof siyosiy yo‘l bilan hal qilinmasa, AQSh uni harbiy yo‘l bilan hal qilishga tayyorligini” aytib o‘tgan. Moskvada bunday gaplar “buzg‘unchi xarakterga egaligini” ta'kidlashmoqda.