Jamiyat | 20:41 / 24.01.2016
7503
1 daqiqa o‘qiladi
Atirauda benzovoz portlashi tufayli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Qozog‘istonning Atirau shahri yaqinidagi Geolog nomli shaharchada benzovoz portlagan. Bu holat tasvirlari qozog‘istonlik internet foydalanuvchilari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.
"Ak Jayyk" nashrida yozilishicha, bu hodisa bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Ma'lum bo‘lishicha, u O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lgan 53 yoshli shaxs edi.
Bu portlashdan keyin yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in 10 kv m maydonni qamragan. Uni o‘chirish uchun yarim soat sarflangan. O‘tni o‘chirish ishlarida 7 nafar o‘t o‘chiruvchi ishtirok etgan.
Ayni vaqtda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.