Jamiyat | 19:02 / 24.01.2016
30064
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda voyaga yetmagan qizni zo‘rlab, bo‘g‘ib o‘ldirgan erkak 24 yilga qamaldi

Jizzaxda voyaga yetmagan qizni zo‘rlab, bo‘g‘ib o‘ldirgan erkak 24 yilga qamaldi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Oybek Sulaymonov ish izlab Baxmal tumaniga borgan.

U yerdagi qishloqlardan birida voyaga yetmagan Madina Hamidovani ko‘rib qolib, niyati buzilgan. U qizni turli yo‘llar bilan avrab, uning otasidan qarzi borligini aytgan va “qarzni berib yuborish” uchun uyiga borib kelishni taklif qilgan.

Ozgina yurgandan so‘ng ko‘zi qurib bitirilmagan uyga tushgan Oybek qizni o‘sha yerga boshlab kirib, zo‘rlagan.

Bo‘lgan ishlardan dahshatga tushgan Madina voqeani ota-onasiga aytib berishini ta'kidlagan. Uning so‘zlaridan qo‘rqib ketgan jinoyatchi qizni shu yerning o‘zida bo‘g‘ib o‘ldirgan. So‘ng jasadni qopga joylab, ovloq joydagi jarlikka tashlab yuborgan.

Tez orada jinoyat fosh etildi. Sud O. Sulaymonovga 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.