Jahon | 08:03 / 24.01.2016
8036
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp: men kimnidir otib tashlashim mumkin va buning oqibatida birorta ham saylovchining ovozini yo‘qotmayman

AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri Donald Tramp saylovchilar tomonidan yuqori darajada qo‘llab-quvvatlanayotganini aytdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

“Men Beshinchi avennyuda turib, kimnidir otib tashlashim mumkin va buning oqibatida birorta ham saylovchining ovozini yo‘qotmayman”, deb aytdi Tramp.

U bu so‘zlarni aytayotgan vaqtda kameraga qarata qo‘llari bilan to‘pponchadan o‘q uzayotgandek imo-ishora qilgan.

Ta'kidlanishicha, milliarderning bu gaplari qurol-aslahaga egalik qilish va qurolli zo‘ravonlik muammosi avj olgan bir paytda ayniqsa “yorqin” yangradi.

AQShda qurol-aslahaning cheklanishiga birinchi navbatda prezident Barak Obama qarshi chiqmoqda, u avvalroq bu choralarga qarshi chiqayotgan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlamasligini aytgandi.

Beshinchi avenyu Nyu-Yorkning ramzi va Manxettenning asosiy ko‘chalaridan biri hisoblanadi. Bu ko‘chada mashhur Empayr-steyt-bilding va Metropoliten-muzey binolari joylashgan.