Yevropa Ittifoqi Turkiyaga viza tartibini bekor qilish uchun yangi talab qo‘ydi
Kengayish va qo‘shnichilik siyosati masalalari bo‘yicha Yevrokomissar Yoxannes Xan dushanba, 25 yanvar kuni Turkiya fuqarolarining Yevropa Ittifoqi hududiga qisqa muddatli tashrif chog‘ida Yevrokengash vizasini bekor qilish bo‘yicha yangi shartlarni ma'lum qildi: mamlakatda shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi milliy qonunchilik kuchga kirishi lozim.
“Turli tuzilmalar to‘liq miqyosda hamkorlik qila olishlari uchun ma'lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun kuchga kirishi talab etiladi. Biz tomonimizdan bu YeI sudi qarorlariga asoslanadi. Bunda hech qanday kamsitilishlar yo‘q. Bizga o‘z ishini bajara oladigan mustaqil instansiyalar kerak”, - dedi Xan Turkiyada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
2015 yilning oktabr oyi o‘rtalarida Yevrokengash Turkiya bilan viza tartibini bekor qilish jarayonini tezlatishga kelishib olgan edi. Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Turkiya barcha talablarni bajargan taqdirda, 2016 yilning kuzida Yevropaga viza bekor qilinishi mumkinligini aytib o‘tgan.