Jahon | 16:06 / 25.01.2016
4375
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiya Hindiston bilan Rafale qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha bitim tuzdi
Hindiston va Fransiya o‘rtasida Rafale rusumli qiruvchi samolyotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda ANI xabar bergan.
Ushbu hujjat Nyu-Delida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Fransiya rahbari Fransua Olland o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv yakunida imzolangan.
Bundan oldinroq, Fransiya Hindistonga 36ta qiruvchi samolyot yetkazib berishi haqida xabar qilingandi. Ushbu bitim qiymati 7,2 mlrd dollar ekani aytilgan.
MoU on the purchase of Rafale aircraft signed between France & India. pic.twitter.com/i04svA6sB4
— ANI (@ANI_news) 25 yanvarya 2016