Jahon | 11:50 / 25.01.2016
4506
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyaning oltita oroli aholisini Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatish taklif qilinmoqda

The Guardian jurnalining ma'lum qilishicha, Gretsiyaning qochqinlarga yordam ko‘rsatgan bir qator orollari aholisi Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatiladi. Gap Lesbos, Kos, Xios, Samos, Rodos va Leros orollarining aholisi haqida ketmoqda.

Yuqorida tilga olingan orollar aholisi 900 mingdan ortiq qochqinlarni kutib olib, bir yil davomida ularga baholi qudrat yordam ko‘rsatgan. Baliqchilar o‘z ishini tashlab, qochqinlarga yordam berish bilan shug‘ullanib kelgan.

Orollar aholisini Nobelga nomzod qilib ko‘rsatish tashabbusi Garvard, Priston, Kornell (AQSh), Oksford (Buyuk Britaniya) va Kopengagen (Daniya) universitetlari olimlari tomonidan ilgari surildi. AVAAZ.org xalqaro jamoat tashabbuslari saytida ushbu taklif petitsiya shaklida chop etilib, zaruriy bo‘lgan 500 ming ovozdan 295 mingini to‘plab bo‘ldi.