O‘zbekiston | 12:41 / 25.01.2016
8157
1 daqiqa o‘qiladi

Meva va sabzavotlarni avtotransport vositalarida eksport qilishga 1 iyulgacha ruxsat berildi

O‘zbekiston hukumati 20 yanvardagi qarori bilan meva va sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari hamda uzumni avtotransport vositalarida eksport qilish muddatini 1 iyulga qadar uzaytirdi, deya xabar bermoqda Norma.uz.

Mazkur ijozat meva va sabzavot mahsulotlaridan ratsional foydalanish masalalarini hal etish bo‘yicha Ishchi guruh tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdan joy olgan yuridik shaxslarga taalluqli.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 1 sentabrida bilan meva va sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari hamda uzumni avtotransport vositalarida tashish taqiqlangan edi. Oktyabr oyida Vazirlar Mahkamasi yuridik shaxslarga 2016 yilning 1 yanvariga qadar ushbu mahsulotlarni avtotransport vositalaridan tashishga ijozat berdi.