Jamiyat | 16:42 / 25.01.2016
20514
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda militsiyachining oilasini qatl qilgan jinoyatchilar 15-25 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi IIV xodimi oilasining 3 a'zosini o‘ldirishda ayblangan 4 kishi 15 yildan 25 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda sud vakillariga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

2015 yilning 22 ferval kuni Norin tumani markazi Haqqulobod shahrida daryodan Toshkentda, IIV jinoyat qidiruv bo‘limida ishlovchi xodimning onasi, rafiqasi va 4 yoshli o‘g‘lining tanasi topilgan edi. Bu qirg‘indan faqatgina uning 2.5 oylik chaqalog‘i omon qolgan bo‘lib, u jinoyat sodir etilgan hududdagi xonadonlardan birining eshigi ostiga tashlab ketilgan edi.

Sud davomida aniqlanishicha, qotillik sodir etilishining asosiy motivi sudlanganlardan birining mahalliy korxonalardan biridan haydalgani bois uyushtirgan “qasosi” bo‘lgan. Qotillikning buyurtmachisi – Azizbek Ahmedov 20 yilga, ikki ijrochi – Ismoilov va Husanovlar 25 yilga, voyaga yetmagan ijrochi Boqijonov esa 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.