Jahon | 11:39 / 25.01.2016
3637
1 daqiqa o‘qiladi

O‘rta Yer dengizi mintaqasida 1 soat ichida 2 marta zilzila qayd etildi

25 yanvar kuni O‘rta Yer dengizi hududida 1 soat ichida 2 marta zilzila qayd etildi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma'lum qilgan.

Seysmologlarning ma'lum qilishicha, zilzila markazi Ispaniyaning janubi-g‘arbidagi muxtor viloyati bo‘lmish Melili port shahri O‘rta Yer dengizi bilan tutashgan hududda, shahardan 86 km masofada joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.

6,6 magnitudali bu zilzila mahalliy vaqt bilan soat 5:34da (Toshkent vaqti bilan soat 9:34) qayd etilgan.

Bundan oldinroq, mahalliy vaqt bilan soat 5:09da Marokashning shimoli-sharqidagi Al-Xoseym shahridan 65 km masofada 6,2 balli zilzila sodir bo‘lgandi.

Mumkin bo‘lgan qurbonlar yoki zarar to‘g‘risida hozircha ma'lumot yo‘q.