27 yanvarda havo sovib, qor yog‘ishi kutilmoqda
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27 yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Kechqurun yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 12-17 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi va kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 5-10 daraja sovuq, Ustyurtda 13 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Ayrim joylarda tuman tushadi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba'zi tumanlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushadi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba'zi tumanlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushadi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ayrim joylarda tuman tushadi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.