Jamiyat | 08:30 / 26.01.2016
3462
1 daqiqa o‘qiladi

Aktyor Devid Duxovni Gollivud Shon-sharafi xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ldi

Los-Anjyelesdagi Gollivud Shon-sharafi xiyobonida 25 yanvarda aktyor Devid Duxovnining nomi yozilgan yulduzni o‘rnatish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda The Variety nashri.

Aktyorning “Maxfiy hujjatlar” teleserialidagi FQB agenti Foks Malder roli unga mashhurlik keltirgan. Duxovni, shuningdek, “Buzuq Kaliforniya” serialida Xenk Mudi personajini ijro etgan.

Aktyor o‘z yulduzini “Maxfiy hujjatlar”dagi qahramoni – agent Malder yana ekranlarga qaytgan kunining ertasiga oldi, Fox 24 telekanali 24 yanvarda serialning yangi 10-mavsumining birinchi seriyasini namoyish qildi.