Artur Ocheretnyy ochiqchasiga Lyudmila Putinani “meniki” deb atagan post aniqlandi
26 yanvarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Sobesednik” nashri jurnalistlari tomonidan Putinning sobiq rafiqasi Lyudmila Putina turmushga chiqqani sababli o‘zining familiyasini Ocheretnayaga o‘zgartirgani haqida tarqatilgan xabarga izoh berishdan bosh tortdi. Bu orada Lyudmila Putina tomonidan nazorat qilinuvchi Shaxslararo aloqalarni rivojlantirish markazining feysbukdagi sahifasida qiziq post aniqlandi.
2015 yilning 14 aprelida Ocheretnyy feysbukda “o‘z “meni”ning integratsiyasini baholash” va “stress yuklamasining darajasini aniqlash”ga sinov bilan bo‘lishgandi. Bu post tagida Lyudmila Putina nomidan post yoqishi haqida layk qo‘yilgan.
Bunga javoban Artur Ocheretnyy “Moyey nra!”, ya'ni “Menikiga yoqadi!” deb izoh yozgan.
Artur Ocheretnyy 37 yoshda bo‘lib, u Shaxslararo aloqalarni rivojlantirish markazining rahbari hisoblanadi. Bu markaz pedagogik va ta'lim dasturlari bilan shug‘ullanadi va Lyudmila Putina tug‘ilib o‘sgan Kaliningradda faol ish olib boradi.