Jahon | 15:06 / 26.01.2016
4348
1 daqiqa o‘qiladi
Eron prezidenti birinchi bor Yevropa turnesiga chiqdi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 25 yanvar kuni Tehrondan Rimga yo‘l oldi. Rimdan so‘ng u Parijga boradi. IRNA axborot agentligining ma'lum qilishicha, tashrif Italiya va Fransiya prezidentlarining taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.
Bu Ruhoniyning Yevropaga birinchi safaridir. To‘rt kunlik safar doirasida Ruhoniy dastlab Rimda Italiya prezidenti Serjio Matarella bilan uchrashadi, so‘ng Parijda fransiyalik hamkasbi Fransua Olland bilan uchrashadi. Shundan so‘ng Ruhoniy Vatikanga yo‘l olib, Rim papasi Frantsisk bilan uchrashuv o‘tkazadi.