Jahon | 13:33 / 26.01.2016
7464
1 daqiqa o‘qiladi
Lavrov: Moskva NATO harbiy salohiyatining Rossiya chegaralariga yaqin hududda mustahkamlanib borayotganini inobatga oladi
Moskva NATO harbiy salohiyatining Rossiya chegaralariga yaqin hududda mustahkamlanib borayotganini inobatga oladi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bayonot berdi.
“Biz RFga nisbatan o‘ta nomuvofiq va xavfli siyosatning o‘sib borayotganini kuzatmoqdamiz, shu jumladan, NATO harbiy salohiyati chegaramiz yaqinida o‘stirilmoqda, AQSh aksilraketa tizimining Yevropa va Osiyo segmentlari yaratilmoqda va hokazo. Biz bunday harakatlarni uzoqni ko‘zlamay amalga oshirilayotgan beqarorlashtiruvchi omil deb baholaymiz”, - dedi u 2015 yil yakunlariga ko‘ra bergan matbuot anjumanida.