Jahon | 22:19 / 26.01.2016
4275
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Suriya masalasidagi muzokaralarni boykot qilishi mumkin

Turkiya 29 yanvar kuni Jyeneva shahrida o‘tkazilishi belgilangan Suriyada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha xalqaro muzokaralarni boykot qilishi mumkin. Bu muzokaralarda Kurdiston ishchilar partiyasi vakillari ishtirok etadigan bo‘lsa, turkiyaliklar Shveytsariyaga kelmaydi. Bu haqda Turkiya TIV rahbari Mavlyut Chavusho‘g‘li ma'lum qilgan.

Bundan oldinroq, BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura Suriyada tinchlik o‘rnatish masalasidagi muzokaralar 29 yanvarda bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi.

Muzokaralarga BMT tomonidan taklif etiladigan barcha delegatsiyalar kelishi mumkinligi, ular orasida Suriyadagi muxolifat ham bo‘lishi xabar qilingandi. Muzokaralarga aklif etilmaydigan terrorchi tashkilotlar ro‘yxatida IShID va “Front an-Nusra” nomi bor.

Muzokaralar kun tartibida Suriyada yangi hukumatni shakllantirish, yangi konstitutsiya va saylovlar o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqiladi. Muzokaralarning birinchi bosqichi o‘rtacha 2-3 hafta davom etishi aytilmoqda.