Sport | 08:27 / 27.01.2016
4449
2 daqiqa o‘qiladi

Angliya liga kubogi. «Liverpul» penaltilar seriyasi orqali finalga chiqdi

Angliya Liga kubogining dastlabki finalchisi aniqlandi.

26 yanvar oqshomida yarim finalning javob o‘yini doirasida "Liverpul" o‘z maydonida "Stok Siti"ni qabul qildi.

Uchrashuvning 45-daqiqasida Arnautovich mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Ushbu gol ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisobni tenglashtirdi. Ushbu natija o‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida ham o‘zgarmagani bois, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. "Futbol lotereya"sida esa omad "Liverpul"ga kulib boqdi — 6:5.

Bugun yarim finalning ikkinchi o‘yinida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Everton»ni qabul qiladi. Dastlabki o‘yin mersisaydliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi.

Angliya liga kubogi, yarim final, javob o‘yini
Liverpul – Stok Siti 0:1 (0:1, 0:0, 0:0, 0:0). Penalti seriyasi - 6:5
Gol: 0:1 – 45 Arnautovich.
Liverpul – Minole, Sako, Ture (Allen, 85), Moreno, Flanagan (Ayb, 105), Milner, Leyva, Lallana, Xenderson (Benteke, 58), Firmino, Jan.
Stok Siti – Batlend, Munes, Vollshayd, Piters, Jonson, Uelan, Afellay, Arnautovich (Shakiri, 78), Krauch, Krkich (Adam, 71; van Ginkel, 98), Uolters.
Ogohlantirishlar: Munes (25), Flanagan (87), Allen (90).
Birinchi o‘yin: 1:0

27 yanvar, chorshanba
Manchester Siti – Everton
Birinchi o‘yin: 1:2