Jahon | 00:17 / 27.01.2016
3838
1 daqiqa o‘qiladi
Germaniya 2030 yilgacha qurollanishini modernizatsiya qilish uchun 130 mlrd yevro sarflaydi
Germaniya hukumati 2030 yilgacha qurollanishini modernizatsiya qilish uchun 130 mlrd yevro investitsiya qilmoqchi, deb xabar bermoqda Germaniya hukumatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, mablag‘lar yangi qurol-aslaha sotib olishga sarflanadi. Bu qurol-aslahalar nemis armiyasiga xorijdagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga imkon beradi.
Avvalroq Germaniya Isroilning Heron TP uchuvchisiz qurilmalarini sotib olmoqchiligi ma'lum bo‘lgandi. Ulardan razvedka maqsadlarida foydalanish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga bu qurilmalar quruqlikdagi nishonlarni o‘qqa tuta oladi.