Jahon | 07:30 / 27.01.2016
5248
1 daqiqa o‘qiladi
Gretsiya mudofaa vaziri IShID neftining katta qismi Turkiya orqali o‘tayotganini aytdi
Gretsiya mudofaa vaziri Panos Kammenos IShID neftining katta qismi Turkiya orqali o‘tayotganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.
Kammenos bu haqda Isroil mudofaa vaziri Moshe Yaalon bilan uchrashuvi vaqtida aytib o‘tdi.
“Haqiqat shundaki, IShID neftining katta qismi Turkiya orqali o‘tmoqda”, deb aytdi Kammenos.
Avvalroq Isroil mudofaa vaziri Moshe Yaalon IShID jangarilari anchadan beri Turkiyaga neft sotayotganini aytgandi. Uning ta'kidlashicha, IShID jangarilari “turk pullariga” moliyalashtirilmoqda.