Jamiyat | 19:46 / 27.01.2016
8453
1 daqiqa o‘qiladi

Pittsburgda 107 yillik ko‘prik minglab tomoshabinlar ko‘z o‘ngida portlatildi

AQShning Pensilvaniya shtatida 107 yil oldin qurilgan ko‘prik minglab tomoshabinlar ko‘z o‘ngida portlatib yuborildi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu ko‘prik juda eskirgan, lekin uni ta'mirlash xarajatlaridan ko‘ra yangisi arzon bo‘lishi aniqlangach, uni portlatishga qaror qilishgan.

Bu ko‘prik shtatning Pittsburg va Okmont shaharlarini bog‘lab turardi.