Iqtisodiyot | 10:15 / 27.01.2016
3633
2 daqiqa o‘qiladi

Reuters: Pentagonning 2017 yilgi byudjyeti 580 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin

AQShning mudofaa byudjyeti 2017 moliyaviy yilda 580 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin. Bu joriy 2016 moliyaviy yildagidan 27 mlrd dollar kamroqni tashkil qiladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, aynan shunday miqdor AQSh prezidenti Barak Obama taklif qiladigan byudjyetda ko‘rsatiladi, bu Pentagon mo‘ljallagandan 15 mlrd dollar kamroqni tashkil qiladi.

Politico nashrining ta'kidlashicha, AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter bu pullarning bir qismini yangi avlod qiruvchi samolyotlari, suv osti kemalarini yaratishga hamda AQSh harbiylarining kiberhududdagi harakatlarining samaradorligini oshirishga yo‘naltirishni istamoqda.

Biroq vazirlikning o‘zining ichida bunga qarshi chiqayotganlar mavjud. Xususan AQSh armiyasi vaziri lavozimiga nomzod Erik Fenning yaqinda Senatning qurolli kuchlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi oldidagi nutqida harbiylar sonini 40 ming nafarga, ya'ni 450 ming nafargacha qisqartirish rejasiga qarshi ekanligini bildirdi. “Ikki yil avval biz o‘l oldimizga harbiylar sonini 450 minggacha kamaytirishni maqsad qilib qo‘yganimizda bizda IShID yo‘q edi, Rossiya bilan ixtilof yo‘q edi”, deb aytdi Fenning.

Oq uy keyingi yil uchun federal byudjyet loyihasini 9 fevralda taqdim qiladi. Bundan keyin vazirliklar va boshqarmalarga mablag‘lar ajratilishi bo‘yicha qonun loyihalari paketi Kongressga topshiriladi. Bu yerda an'anaviy tarzda prezident takliflari respublikachilar tomonidan tanqidga uchraydi va har galgidek byudjyetning qabul qilinishini uzoq davom etuvchi debatlar bilan boradi.