Fan-texnika | 19:55 / 28.01.2016
7805
3 daqiqa o‘qiladi

AQShda 2015 yilning eng ekologik toza avtomobillari orasida Chevrolet Spark EV avtomobili 2-o‘rinni egalladi

AQShda 2015 yil natijalariga ko‘ra, atrof-muhitga eng kam zarar yetkazuvchi va eng ko‘p zarar yetkazuvchi avtomobillari reytingi e'lon qilindi. Ushbu reyting AQShning energiya tejash kengashi tomonidan tuzildi. Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkichlarni ixcham Smart ForTwo xetchbekining elektrda harakatlanuvchi versiyasi namoyish qildi.

Reytingning 2-o‘rinidan Chevrolet Spark’ning elektr versiyasi egalladi. Yetakchi uchtalikka Fiat 500E xetchbegi kirdi.

Reyting tuzuvchilarining ta'kidlashicha, bu ro‘yxat faqatgina elektromobilar va gibrid avtomobillardan tuzilgan birinchi shunday ro‘yxat bo‘ldi, unga ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan birorta ham model kiritilmagan.

Shu bilan kengashda ta'kidlanishicha, zamonaviy dizelli dvigatelga ega avtomobillar ham o‘zini yomon ko‘rsatmagan, biroq Volkswagen’ning dizel mojarosi tufayli ekspertlar bu ro‘yxatga Volkswagen, Audi va Porsche’ning dizelli modellarini kiritishmadi.

2015 yil natijalariga ko‘ra eng ekologik toza avtomobillar ro‘yxati

1. Smart ForTwo Electric Drive
2. Chevrolet Spark EV
3. Fiat 500E
4. Toyota Prius Eco
5. Volkswagen e-Golf
6. Nissan Leaf
7. Kia Soul Electric
8. Toyota Prius c
9. Toyota Prius
10. Ford Focus Electric
11. Chevrolet Volt
12. Volkswagen Jetta Hybrid

Shu bilan bir qatorda, kengash ekspertlari atrof-muhitga eng ko‘p zarar yetkazuvchi avtomobillar reytingini ham tuzishdi.

2015 yil natijalariga ko‘ra, Mercedes-AMG G 65 modeli atrof-muhitga eng ko‘p zarar yetkazuvchi mashina deb topildi. Bu ro‘yxatdan Mercedes-Benz G-Class sinfidagi yana ikkita mashina joy oldi.

2015 yil natijalariga ko‘ra atrof-muhitga eng ko‘p zarar yetkazuvchi avtomobillar ro‘yxati

1. Mercedes-AMG G 65
2. Chevrolet G 2500 Express/GMC Savana
3. Mercedes-AMG G 63
4. Bentley Mulsanne
5. Mercedes-Benz G 550
6. Toyota Sequoia FFV
7. Ford Transit T150 Wagon FFV
8. Mercedes-AMG GL 63
9. Lexus LX 570
10. Bentley Continental GT/Flying Spur
11. Toyota Tundra
12. Mercedes-Benz GL 550

Ekspertlar reytingni tuzishda kompaniyalar tomonidan AQSh davlat muassasalariga zararli chiqindilar darajasi haqida bergan ma'lumotlar, u yoki bu modelni ishlab chiqarishda atrof-muhitning ifloslanishi haqidagi ma'lumot hamda avtomobilda o‘lchangan zararli chiqindilarning haqiqiy darajasini hisobga oladilar. Shundan keyin, ekspertlar natijalarni solishtirib, modellarga 1 dan 100 ballgacha baho berishadi.

Joriy reytingda eng ekologik toza deb topilgan Smart ForTwo Electric Drive modeli 63 ball, eng zararli mashina deb topilgan Mercedes-AMG G 65 modeli 20 ball to‘pladi.