Jamiyat | 17:03 / 28.01.2016
4413
1 daqiqa o‘qiladi

Che Gevara bir kecha tunagan omborxona muzeyga aylantirildi

Argentinaning San-Martin-de-los-Andes shahrida, o‘z vaqtida inqilobchi Ernesto Che Gevara bir tunini o‘tkazgan omborxona muzeyga aylandi. Bu haqda Clarin gazetasida yozilgan.

Che Gevara bu saroyda 1952 yili o‘zining Lotin Amerikasi mamlakatlari bo‘ylab mototsikliga mingan holda o‘tkazgan safari vaqtida tunagandi. O‘sha vaqtda uning yonida do‘sti Alberto Granado ham bo‘lgan.

Binoning o‘sha vaqtdagi ko‘rinishi tiklangan. Muzeyda bir qancha fotolar, multimedik eksponatlar hamda boshqa materiallar bor.

Shuningdek, bu muzey oldiga Norton 500 mototsikli nusxasi qo‘yilgan. Che Gevara 1950-yillarda aynan shunday mototsiklda sayohatga chiqqandi.