Jahon | 08:18 / 28.01.2016
2788
1 daqiqa o‘qiladi

Frantsuz Gvianasidagi kosmodromdan Ariane-5 raketasi muvaffaqiyatli uchirildi

Frantsuz Gvianasidagi Kuru kosmodromidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan Ariane-5 raketasining parvozi risoladagidek o‘tdi: raketa osmonga muvaffaqiyatli ko‘tarildi. Internet orqali raketa uchirilishining jonli translyatsiyasi olib borildi.

Raketaning uchirilishidan maqsad Yer orbitasiga Intelsat 29e telekommunikatsiya yo‘ldoshini olib chiqishdan iborat bo‘ldi. Bu yo‘ldosh Lotin Amerikasi davlatlari uchun aloqa xizmatlarini taqdim qiladi.

2015 yil noyabrda ham Kuru kosmodromidan ikkita telekommunikatsiya yo‘ldoshi bo‘lgan Ariane-5 raketasi muvaffaqiyatli uchirilgandi.

Ariane-5 Yevropada qurilgan raketa-tashuvchi bo‘lib, u Yerning past yer atrofi orbitasiga yuklarni olib chiqishga mo‘ljallangan.