Jamiyat | 21:04 / 28.01.2016
4231
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik chegarachilar Mustaqillik bayrami paradida mototryuklar bajarib berishdi

26 yanvar kuni Hindiston poytaxtida tantanali ravishda nishonlangan Mustaqillik bayrami vaqtida chegarachilar vakillarining chiqishlari alohida e'tiborga sazovor bo‘ldi.

Ular mototsikllar orqali hayratomuz tryuklarni bajarishdi. Quyida bu tryuklarning ba'zilari tasvirlarini tomosha qilish mumkin.

Ma'lumot uchun, Mustaqillik bayrami Hindistondagi eng yirik bayramlardan biri hisoblanib, bu kun butun mamlakat bo‘ylab keng nishonlanadi. Poytaxtda turli harbiy paradlar o‘tkaziladi.

Mustaqillik deklaratsiyasi Hindistonda 1950 yilning 26 yanvarida qabul qilingan bo‘lib o‘sha kuni Hindiston Buyuk Britaniya mustamlakasidan ozod bo‘lgani e'lon qilingandi.