Jamiyat | 23:41 / 28.01.2016
4974
2 daqiqa o‘qiladi

Internet foydalanuvchilarini bir oyoqli bola va uch panjali it do‘stligi haqidagi multfilm to‘lqinlantirdi

Bir oyoqli bola va uch panjali it do‘stligi haqidagi “Sovg‘a” nomli qisqa metrajli multfilm Vimeo videoxostingida 100 mingdan ko‘proq namoyish yig‘di.

Multfilm syujyeti bo‘yicha, bola sovg‘aga onasidan it oladi. Ona bolasi videoo‘yin o‘ynab o‘tirgan paytda unga itni qutida olib keladi. Bola itni qutidan oladi va uning bir panjasi yo‘qligini ko‘rib, uni polga otib yuboradi. Shunga qaramay, uch panjali it quvnab, turli yo‘llar bilan o‘zining yangi egasining e'tiborini qaratmoqchi bo‘ladi.

Oxir-oqibat bola it bilan ko‘chada sayr qilishga qaror qiladi. U qo‘ltiqtayog‘ini olganda, uning chap oyog‘i yo‘qligi ma'lum bo‘ladi.

Multfilm 4 daqiqalik bo‘lib, uning muallifi germaniyalik animator Yakob Frey. Multfilm 180 ta turli festivalda ko‘rik uchun tanlab olingan va bir nechta mukofotlarni qo‘lga kiritgan.