Sport | 08:18 / 28.01.2016
4284
3 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya kubogi. «Barselona» yarim finalga chiqdi, «Atletiko» musobaqani tark etdi

Ispaniya Kubogining chorak finalida «Barselona» klubi «Atletik»ni mag‘lubiyatga uchratib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvda dastlab «Atletik» futbolchisi Inyaki Uilyams hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda «Barselona»tarkibida Suares, Pike va Neymar javob to‘plarini urishdi.

Tomonlarning birinchi uchrashuvi kataloniyaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va endi «Barselona» yarim finalda o‘ynaydigan bo‘ldi.

Yana bir chorak finali uchrashuvida «Atletiko» «Selta»ni qabul qildi. Bu uchrashuv kutilmaganda mezbonlarning 2:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Birinchi uchrashuvda 0:0 hisobidagi durang qayd etilgandi va endi yarim finalda «Selta» «Barselona»ga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.

Chorak final bosqichi doirasidagi yana ikkita uchrashuv 28 yanvarga belgilangan. Bugun «Mirandes» «Sevilya»ni (birinchi o‘yin 0:2), «Las-Palmas» «Valensiya»ni (birinchi o‘yin 1:1) qabul qiladi.

Ispaniya Kubogi
1/4 final, javob o‘yinlari
Barselona – Atletik 3:1 (0:1, 3:0)
Gollar: 0:1 – 12 Inyaki Uilyams, 1:1 – 53 Suares, 2:1 – 81 Pike, 3:1 – 90 Neymar.
Barselona – ter Stegen, Pike, Mate, Dani Alves, Vermalen (Buskets, 70), Rakitich, Maskerano, Serdji Roberto, Neymar, Messi, Suares.
Atletik – Yago Errerin, Laport, Inigo Lekue, Balensiaga, San Xose, Eraso (Muniain, 73), Mikel Riko (Benyat, 57), Susayeta (Sabin Merino, 57), Boveda, Aduris, Inyaki Uilyams.
Ogohlantirishlar: Mikel Riko (19), Balensiaga (39), Inigo Lekue (52), Suares (70).
Hakam: Ernandes Ernandes
Birinchi o‘yin: 2:1

Atletiko – Selta – 2:3 (1:1)
Gollar: Ernandes, 22 (0:1). Grizmann, 29 (1:1). Gvidetti, 56 (1:2). Ernandes, 64 (1:3). Korrea, 81 (2:3).
Atletiko: Moyya, Xuanfran, Godin, Filipe Luis, Ximenes, Gabi, Koke, Niges (Oliver, 63), Ferreyra-Karrasko (Korrea, 59), Grizmann, Vetto.
Selta: Ruben Blanko (Serxio Alvares, 45), Kabral, Malo, Xonni, Gomes, Vass, Ernandes, Radoya, Orelyana, Aspas, Gvidetti (Bovyu, 81).
Ogohlantirishlar: Vetto, 16. Gvidetti, 35. Filipe Luis, 68. Malo, 69. Gabi, 78. Koke, 79.
Hakam: Mateu Laos.
Birinchi o‘yin: 0:0.