Sport | 08:48 / 28.01.2016
2928
2 daqiqa o‘qiladi

Italiya Kubogi. «Yuventus» yarim finalning ilk o‘yinida «Inter»ni mag‘lub etdi

Italiya Kubogi yarim finalidagi uy uchrashuvida Turinning «Yuventus» klubi «Inter»ni yirik hisobda yengdi.

Uchrashuvda turinliklarning 3:0 hisobida g‘alabasi qayd etilgan. Alvaro Morata ikkita gol urib, dubl qayd etgan bo‘lsa, Dibala 83 daqiqada hisobni yirik ko‘rinishga keltirgan.

O‘yinning 70 daqiqasida mehmonlar himoyachisi Jyeyson Murillo maydondan chetlatilgan.

26 yanvar kuni yarim finalning birinchi juftligida «Milan» safarda «Alessandriya»ni 1:0 hisobida yenggandi.

Javob o‘yinlari 2 mart kuniga belgilangan.

Italiya Kubogi
1/2 final, Birinchi o‘yin
Yuventus – Inter 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar:1:0 – 36, penalti Morata, 2:0 – 63 Morata, 3:0 – 83 Dibala.
Yuventus – Neto, Bonuchchi, Kellini, Evra (Aleks Sandro, 83), Kaseres, Pogba, Kuadrado (Padoin, 90), Asamoa, Markizio, Mandjukich (Dibala, 77), Morata.
Inter – Xandanovich, Miranda, Nagatomo, D`Ambrozio, Murilo, Kondogbia, Medel, Biabiani (Ikardi, 77), Melo (Brozovich, 64), Lyayich (Jyezus, 80), Yovetich.
Ogohlantirishlar: Bonuchchi (18), Murilo (34), Miranda (45), Kondogbia (89).
Chetlatish: Murilo (70).

Alessandriya – Milan 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 43, penalti Balotelli.
Alessandriya – Vannukki, Sosa, Morero, Sabato, Sirri, Nikko, Lovizo (Mezavilla, 60), Branka, Fishnaller, Markoni (Bokalon, 60), Marras (Boniperti, 83).
Milan – Abbyati, Sapata, Antonelli, De Shilo, Romanoli, Mauri (Montolivo, 63), Poli, Xonda, Boateng (Kutska, 85), Luis Adriano, Balotelli (Nyang, 72).
Ogohlantirishlar: Morero (42), Sabato (50), Sosa (86).