Jamiyat | 13:35 / 28.01.2016
8270
2 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyalik olim fan uchun o‘z qorniga o‘q uzdi

Norvegiyalik fizik Andreas Val NRK Viten telekanalidagi shou chog‘ida ilmiy tajriba o‘tkazdi. Buning uchun olim suv ostida o‘ziga qarata o‘q uzdi.

Olim suv to‘la hovuz ichidaligida maxsus mexanizm yordamida SIG SG 550 avtomatini ishga tushirdi. N+1 portalining ma'lum qilishicha, o‘qdan unga zarar yetmagan.

Qurol olimdan 3 m uzoqda joylashgan edi. Qurolning uzunligi qo‘ndoq bilan birga 988 mm ni tashkil qiladi. 5.56 mm kalibrdagi o‘q suv ostida 1.5 m gina uchib, so‘ng hovuz poliga tushdi.

Oddiy o‘qotar qurol suv ostida bir necha sabablarga ko‘ra ishlamaydi. O‘qning aerodinamik shakli uning trayektoriyasini o‘zgartirib yuboradi: u suvning iliq va sovuq qatlamlari chegarasida rikoshetga uchrashi mumkin.

Bundan tashqari, suv zichligining kattaligi bois o‘q kinetik energiyasini yo‘qotib, tez to‘xtab qoladi.