Jahon | 23:57 / 28.01.2016
14576
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Eron prezidenti stoldan vino olib tashlanmagani uchun Fransiya prezidenti bilan tushlik qilishdan bosh tortdi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy stoldan vino olib tashlanishi va taqvoli go‘sht berish iltimosi rad etilgani uchun Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan birgalikda tushlik qilishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda Telegraph nashri.

Fransiya vakillari Eron delegatsiyasiga ikki davlat yetakchisini nonushta vaqtida uchrashishini taklif qildi, biroq Eron bunday formatdagi uchrashuvdan bosh tortdi va bu taklifni “juda xashaki” deb atadi.

Eron delegatsiyasi Parijda ikkinchi kun rasmiy safar bilan bo‘lmoqda.

Ruhoniyning Fransiyaga tashrifiga tayyorgarlik vaqtida ham ikki davlat yetakchilari uchrashuvi tashkilotchilari vino va gazaklar borasida kelisha olmayotganlari ma'lum qilingandi.