O‘zbekiston | 19:30 / 29.01.2016
10961
1 daqiqa o‘qiladi
Davlat bojxona qo‘mitasi raisining yangi o‘rinbosari tayinlandi
2016 yil 21 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2475-son qaroriga muvofiq Mutalibdjan Saliyev yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali xabar bergan.
"Mutalibdjan Saliyev Obidjonovich O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari etib tayinlandi", deyiladi xabarda.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Zohid Dusanov hisoblanadi. Unga o‘rinbosar bo‘lgan Saliyev bungacha Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.