Google tasodifan Google.com sotib olgan xaridorga qancha miqdorda tovon puli to‘laganini ma'lum qildi
Google kompaniyasi Google Domains xizmati orqali tasodifan Google.com domenini sotib olib, unga bir daqiqa davomida egalik qilgan o‘zining sobiq xodimi Sanmay Vedga qancha miqdorda tovon puli to‘laganini ma'lum qildi.
Sanmay Ved o‘z “topilmasi” uchun 6006,13 dollar miqdorida tovon puli oldi. Nima uchun aynan shuncha to‘langanini kompaniya hazil tarzida izohladi.
“Bizning Vedga to‘lagan tovon pulimiz 6006,13 dollar — qo‘l yozuvida Google`ni eslatadi (yozib ko‘rsangiz, bunga amin bo‘lasiz). So‘ngra Sanmay bu pulni xayr-ehsonga sarflashi haqida eshitib, uni ikki barobarga ko‘paytirdik”, - deyiladi kompaniya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 28 sentabr kuni Ved dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuruvchiga ega internet manzilini bo‘r-yo‘g‘i 12 dollarga sotib olgan edi. Natijada Ved Google boshqaruv paneliga kirish imkoniga ega bo‘ldi. Oradan bir daqiqa o‘tib Google uning xaridini bekor qildi va Ved Google.com domeniga ega bo‘lish uchun to‘lagan 12 dollarni qaytarib berdi.