Jahon | 01:06 / 29.01.2016
4959
1 daqiqa o‘qiladi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti: Zika virusi bilan 3-4 mln odam kasallanishi mumkin
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining fikricha, Zika virusi bilan 3-4 mln odam kasallanishi mumkin, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining AQShdagi bo‘limining yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi Markos Espinal ma'lum qildi.
Espinal bu qanday muddatda sodip bo‘lishini aytmadi.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Zika virusi bo‘yicha 1 fevralda shoshilinch yig‘ilish o‘tkazishi ma'lum qilingandi.
Shuningdek, Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi Zika virusi sababli 27 ta davlatdan keladigan aviareyslarni nazorat ostiga olishi ma'lum bo‘lgan.