Jahon | 08:59 / 29.01.2016
5966
1 daqiqa o‘qiladi

Obamaning matbuot kotibi AQSh moliya vazirligining Putinning korrupsiyalashgani haqidagi bayonotini ma'qulladi

AQSh ma'muriyati AQSh moliya vazirligining Rossiya prezidenti Vladimir Putinning korrupsiyalashgani haqidagi bayonotini o‘z fikrining eng yaxshi ifodasi deb hisoblaydi, deb aytdi Oq uy rasmiy vakili va Obama matbuot kotibi Josh Ernest matbuot-anjumanida.

“Moliya vazirligining bu bayonoti ma'muriyatning Putinga munosabatini eng maqbul tarzda ifodalaydi”, deb aytdi Ernest.


Ernestning ta'kidlashicha, aynan moliya vazirligi sanksiyalarning uzaytirilishi haqidagi qarorni qabul qilinishiga javob beradi.

Avvalroq Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh moliya vazirligining Putinning korrupsiyaga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqidagi bayonotini uydirma deb atagandi.